Rafinya Neymarning Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasiga qo'shilishi haqidagi savolga javob berdi

  • Mr.NoBoDy 20.03.2026 18:32
  • 285
  • 30

Karlo Anchelottida 2026 yilgi Jahon chempionati uchun Neymarni Braziliya terma jamoasiga chaqirishdan boshqa tanlov qolmasligi mumkin.

Jurnalistlardan biri 29 yoshli "Barselona" vingeri Rafinyaga Neymar haqidagi savol bilan yuzlandi.

Rafinya Neymarni ajoyib futbolchi sifatida baholab, u shubhasiz jamoaga katta foyda keltirishini takidladi:

"Ha, men shunga umid qilaman. U ajoyib inson. Hech kim uning mahorati yoki o'yin taqdirini hal qilish qobiliyatidan shubhalanmaydi — u hatto Jahon chempionati taqdirini ham hal qilishi mumkin. Neymarning ham maydonda, ham maydon tashqarisidagi muxlisi sifatida uni yana milliy jamoada, biz bilan birga ushbu chempionatda raqobatlashishga tayyor holda ko'rishni istayman.

Bu o'rtoqlik uchrashuvlarida u hech kimga o'z iqtidori yoki milliy jamoaga nimalar bera olishini isbotlashi shart emas. Men ishonamanki, oxirgi kunda, terma jamoaga so'nggi chaqiruv vaqtida u biz bilan birga bo'ladi", – dedi Rafinya.

Hozircha Anchelotti Neymarni bo'lajak Jahon chempionatiga chaqirish bo'yicha yakuniy qaror qabul qilmagan, biroq ko'rinib turibdiki, uning jamoada bo'lishini nafaqat muxlislar, balki braziliyalik futbolchilarning o'zi ham intiqlik bilan kutmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar