
Superliga
4-tur
"Neftchi" – "Lokomotiv" 3:1 (LIVE)
Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 16:00
Gol: Ibrohimhalil Yo'ldoshev (Yovan Jokich) 11', Stipe Perica (Jamshid Iskanderov) 65', Alisher Odilov (Ratino) 88' – Temurxo'ja Abduxoliqov penalti 36'
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Andrey Capenko
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Sherzod Rajabov
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 2.Izzatillo Po'latov, 5.Ikrom Aliboev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abrorbek Ismoilov, 8.Vladimir Yovovich, 9.Xurshid G'iyosov, 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 23.Yovan Jokich, 32.Zoran Marushich.
Zaxira: 16.Ibrohim Shokirov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Asilbek Jumaev, 14.Daler Tuxsanov, 15.Nurmuhammad Abdug'aniev, 18.Stipe Perica, 22.Alisher Odilov, 34.Farruh Sayfiev, 77.Ratino.
"Lokomotiv": 1.Aleksey Kozlov, 9.Suhrob Nurulloev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 14.Nikolay Ivanov, 15.Aleksandar Shushnyar, 17.Sardor Mirzaev, 18.Oleksandr Kucherenko, 23.Diyor Turopov, 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 33.Oleg Zoteev, 45.Yovan Nishich.
Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 7.Quvonchbek Abraev, 8.Bilol Tupliev, 10.Shodiyor Shodiboev, 22.Sunnatilla Poyonov, 28.Shuhrat Muhammadiev, 61.Nurlan Ibraimov, 70.Muhammadali Reimov, 99.Muhriddin Zoirov.
Ogohlantirish: Muhsin Ubaydullaev (34), Abror Ismoilov (54), Stipe Perica (71).
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shib berildi.
88. GOL! Ratinoning pasidan keyin Odilov darvozabon bilan birga-bir holatda qoldi va mo'ljalda adashmadi — 3:1!
86. "Lokomotiv"da o'zgarish: Zoteev o'rniga Shodiboev bahsni tugatib qo'yadi.
85. Uuux! "Neftchi" qarshi hujumga o'tib ketdi. Yakunda Sayfievning pasidan so'ng "temiryo'lchilar" himoyachisi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
83. "Lokomotiv" to'pga egalik qilgan holda hujumga shaylanmoqda.
79. Po'latovga tibbiy yordam zarur, u maydonda yotibdi.
73. "Neftchi"da o'zgarish: Yo'ldoshev o'rniga Sayfiev tushdi.
72. "Lokomotiv"da 2 ta o'zgarish: Nurulloev o'rniga Abraev, Nishich o'rniga Tupliev bahsni davom ettiradi.
71. Perica qoidani buzgani uchun sariq kartochka oldi.
67. Zarba! Ismoilov trivela uslubida zarba yo'lladi va to'p himoyachilarga tegib qaytdi.
66. "Neftchi"da o'zgarish: Aliboev o'rniga Ratino tushirildi.
65. GOL! Jamshid Iskanderovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Stipe Perica bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi — 2:1!
62. "Lokomotiv"da 2 ta almashtirish: Mirzaev, Turopov o'rniga Reimov, Muhammadiev maydonga tushdi.
60. Kucherenko "Loko" oldidagi xavfni bartaraf etib, to'pni tepib yubordi.
56. Zarbaaa! Nurulloevning aqlli pasidan so'ng Ivanov zarba berdi, Ergashev to'pni qaytardi!
54. Abror Ismoilov Zoteevga nisbatan qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi.
51. Yo'ldoshev katta tezlikda oldinga o'tayotgan Odilovni o'z vaqti to'xtatib qoldi, himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga erishdi.
47. Ibrohimhalil Yo'ldoshevga tibbiy yordam kerak. U Nishich bilan to'qnashib ketgandi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. "Neftchi"da 3 ta o'zgarish: G'iyosov, Marushich, Yovovich o'rniga Odilov, Perica, Iskanderov tushirildi.
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob teng — 1:1. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.
43. Qanday vaziyat! Aliboevning uzun pasidan keyin Ismoilov to'pni egallab, darvozabonni chetlab o'tdi, biroq yakuniy zarba ancha noaniq ketdi.
41. Ubaydullaev Abduxoliqov bilan birga-bir qoldi va to'pga tashlanib uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
40. Mehmonlar mezbonlardan bo'sh kelmagan holda omadini hujumdan izlamoqda.
36. GOL! Tajribali hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov penaltini golga aylantirdi — 1:1!
34. Penalti! Ubaydullaev Kucherenkoga nisbatan qoidani buzgani uchun penalti belgilandi va aybdorga sariq kartochka berildi.
31. Uuux! Yo'ldoshevning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Ergashev bartaraf etdi! Qoyilmaqom seyv!
28. Nurulloevning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini "Neftchi" azolari uzoqlashtirishdi.
24. Zoteevning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin yakunda Botirali Ergashev to'pni egallab oldi.
20. Uuux! Nurulloevning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Yo'ldoshev bosh bilan darvozaga yo'naltirdi. Xavfli, ammo noaniq.
15. Ismoilovning pasidan so'ng Yovovich katta tezlikda ichkariga kirib bordi, biroq to'p uzoqlashib ketishi oqibatida unga darvozabon ega chiqdi.
11. GOL! Ibrohimhalil Yo'ldoshev olis masofadan to'p kiritib, hisobni ochdi — 1:0! Fantastik zarba!
9. Yo'ldoshev maydon markazida Nishichga nisbatan qoidani buzdi.
6. Nurulloev maydonda yotibdi, G'ofurov jarima maydonchasi ichida uni yiqitgan bo'lishi mumkin. VAR vaziyatni tekshirdi va fol qayd etilmadi.
3. Suhrob Nurulloev qanotdan ichkariga yorib kirishga urindi, ammo to'pni maydonda saqlab qola olmadi.
1. O'yin boshlandi!
- Bellashuv 16:00 da boshlanadi.