Samvel Babayan: "Ikki mag'lubiyatdan so'ng g'alaba qozonish o'ta muhim edi. Yangi jamoa tuzdik, bizga biroz vaqt kerak"

  • Mr.NoBoDy 19.03.2026 21:16
  • 440
  • 30

Superliga 4-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Mashal" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi


"Ikki mag'lubiyatdan so'ng bugungi g'alaba o'ta kerakli edi. Yigitlar yaxshi o'yin namoyish etishdi. Yirikroq hisobda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Men bugun maydonda kurashishni va g'alaba qozonishni istaydigan jamoani ko'rdim. Biz endi tiklanish jarayonidamiz. Maydonda dominantlik qiladigan futbolni izlashda davom etamiz. Maqsadimiz agressiv va pressingli futbol namoyish etish. Jamoa endi shakllanib bormoqda. Mehnat qilishda davom etishimiz kerak", - dedi Samvel Babayan g'alabadan so'ng.

- Bugun jamoangiz namoyish etgan o'yindan qanchalik qoniqdingiz?
- Etibor bergan bo'lsangiz men bugun umuman o'rindiqda o'tirmadim. Ko'pgina vaziyatlarda futbolchilarni oldinga chorlab turish kerak bo'ldi. Jamoam o'yinidan to'liq qoniqdim degan murabbiy faoliyatini tugatib qo'yavergani yaxshi deb o'ylayman. Yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin bo'lgan vaziyatlar topiladi. Yigitlardan minnatdorman. Ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng o'zimizga kelib oldik. Futbolchilar bugun agressiv va ishtiyoq bilan o'ynashdi. Raqib darvozasiga to'xtovsiz xavf soldik. Ayniqsa Dragan Cheranga minnatdorchilik bildiraman. U so'nggi daqiqaga qadar pressing qildi. Menimcha, maydondagi harakat bo'yicha rekord qo'ydi. Gol urib olganimizdan so'ng yana hujumga zo'r berishimiz kerak edi. Birinchi bo'limda to'xtab qoldik. Tanaffusda esa bu haqda yigitlarga aytdim. Bir gol farqiga ishonib qolish juda noto'g'ri. Bir kishi ko'p bo'lib o'ynash jamoaga ikki xil tasir qilishi mumkin. Yigitlar ushbu ustunlikka to'g'ri yondashishdi va oxirigacha raqibga bosim qilishdi.

- Hujumlarni golga aylantirish masalasida oqsayapmiz...
- Vaziyatlarga ega bo'layotganimiz yaxshi, ammo realizaciya bugun unchalik yaxshi emas edi. Raqib darvozasida ko'p xavfli vaziyatlar yaratganimiz jamoa vertikal va agressiv futbol namoyish etayotganidan dalolat. Biz yangi jamoa tuzdik, shu sababli biroz vaqt kerak. Realizaciya masalasi ham yaxshilanadi. Barchani Navro'z va Ramazon hayiti bilan tabriklayman.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar