OFK 2031 va 2035 yilgi Osiyo Kubogi mezbonligi tanlovi jarayonini to'xtatdi

  • Mr.NoBoDy 19.03.2026 20:40
  • 141
  • 30

Osiyo Futbol Konfederaciyasi 2031 va 2035 yilgi Osiyo Kuboklari mezbonligi uchun tanlov jarayonini bekor qildi.

Bu haqda Alisher Nikimbaev o'z telegram kanalida malumot bermoqda. Bu butun dunyoda musobaqalar taqvimiga rejalashtirilgan o'zgartirishlar bilan bog'liq bo'lib, unda barcha qita turnirlari juft yillarda (2032, 2036 va hokazo) o'tkaziladi. Bundan tashqari, barcha turnirlar bir vaqtning o'zida yoki ikkita qishki yoki yozgi transfer oynasi vaqtida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuning uchun, 2032 yilgi Osiyo Kubogi uchun tanlov jarayoni FIFA yangi taqvimni tasdiqlaganidan keyin qayta o'tkaziladi. Ushbu qayta tanlov ishtirokchilari ro'yxatiga jiddiy tasir qilishi aniq.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar