
Tabiiyki, bu xabar ispan murabbiyning o'ziga ham etib borgan. "Diario Sport" malumotlariga qaraganda, vaziyat kutilganidan tinch. Gvardiola "Manchester Siti"ning zaxira reja ("B" reja)ga ega bo'lish istagini qo'llab-quvvatlaydi. Bu haqda birinchi bo'lib sport direktori Ugu Viana xabardor qilinadi — u bilan murabbiy kelasi hafta uchrashishi kerak.
Avval xabar qilinganidek, 22 mart kuni bo'lib o'tadigan Liga Kubogi finalidan so'ng Gvardiola "Etixad"dagi kelajagi bo'yicha yakuniy qaror qabul qiladi.