
2023 yilda tomonlar oyligi 2,7 million tenge bo'lgan shartnoma imzolagan. Ayni paytda "Xorazm" sharafini himoya qilayotgan braziliyalik yarim himoyachi qozoq jamoasi tarkibida ikki mavsum o'tkazgan.
Biroq mavsum yakunlanganidan so'ng Rafael FIFAga murojaat qilib, unga tegishli bo'lgan mukofot pullarini to'lab berishni talab qildi. Natijada FIFA "Qiziljar"ni 45 kun ichida futbolchiga 10 million tenge to'lashga majbur qildi.
Milich Churchich shogirdlari hozirda QPL musobaqasida 3 ochko to'plab, turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi.