
Eron futbol federasiyasi prezidenti Mexdi Toj Yaqin Sharqdagi mojarolar fonida milliy terma jamoa JCH-2026 musobaqasini boykot qilish niyatida emasligini ma’lum qildi.
Bundan avvalroq mutasaddi federasiya Eron terma jamoasining Jahon chempionatidagi o‘yinlarini AQSHdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini xabar qilgan edi.
«Milliy terma jamoa Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda, biz u yerda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushamiz. Biz Amerikani boykot qilamiz, ammo futbol bo‘yicha Jahon chempionatini boykot qilmaymiz», — deya Tojning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Fars News Agency.