FIFA va YouTube o‘rtasida JCH-2026 bo‘yicha tarixiy kelishuv imzolandi

  • Mr.NoBoDy 18.03.2026 08:55
  • 54
  • 30

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) va YouTube videoplatformasi 2026-yilgi jahon chempionati arafasida hamkorlik bitimini tuzdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Ushbu hamkorlik uchrashuvlarni translyasiya qilish huquqiga ega bo‘lgan telekompaniyalarga o‘yinlarni YouTube orqali jonli efirda namoyish etish imkonini beradi. Kelishuvning asosiy maqsadi — yosh tomoshabinlar auditoriyasini jalb qilishdir.

Belgilangan tartibga ko‘ra, translyasiya huquqi egalari Jahon chempionati o‘yinlarining dastlabki 10 daqiqasini YouTube platformasida bepul ko‘rsatishadi. Bu orqali yosh muxlislarni uchrashuvning qolgan qismini an’anaviy telekanallar orqali tomosha qilishga undash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, kompaniyalar ayrim tanlangan o‘yinlarni to‘liq hajmda o‘z kanallarida namoyish etishlari ham mumkin bo‘ladi. Kelishuvning moliyaviy tafsilotlari ochiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, 48 ta jamoa ishtirokidagi navbatdagi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi. Turnirga uchta mamlakat — AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladi. Musobaqaning amaldagi g‘olibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar