
«Budyo Glimt» Chempionlar ligasi tarixida ketma-ket olti o'yinda asosiy tarkibni o'zgartirmagan ilk klubga aylandi. Ayni paytda Norvegiya jamoasi 1/8 finalning birinchi o'yinida «Sporting»ni 3:0 hisobida mag'lub etib, chorak final yo'llanmasi uchun kurashmoqda. Javob uchrashuvi ayni daqiqalarda bo'lib o'tmoqda. Unda hisoba hozircha 4:0.
Avvalroq, «Budyo Glimt» umumiy bosqich o'yinlarida «Manchester Siti»ni 3:1 va Madridning «Atletiko»sini 2:1 hisobida enggan edi. Pley-offda esa Norvegiya klubi ikki o'yin natijasiga ko'ra «Inter»dan 5:2 hisobida ustun keldi.
Takidlash joizki, tarkibdagi 11 nafar futbolchidan 9 nafari norvegiyalik, jamoa darvozaboni esa rossiyalik Nikita Xaykindir.
Turnirning bu galgi finali Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo'lib o'tadi.