"Bavariya" "Real"ga qarshi ehtimoliy to'qnashuv oldidan "Bernabeu"ning tomidan "cho'chimoqda"

  • Mr.NoBoDy 18.03.2026 00:24
  • 6526
  • 30

Myunxenning Bavariya klubi UEFA Chempionlar Ligasining chorak finalida Madridning Real klubiga qarshi ehtimoliy uchrashuvni xavotir bilan kutmoqda.

Bu haqda Bayern Space’ning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi xabar berdi.

Turnirning 1/8 final bosqichidagi dastlabki o'yinlarida myunxenliklar «Atalanta»ni (6:1), «qaymoqranglilar» esa «Manchester Siti»ni (3:0) mag'lubiyatga uchratgan edi. Turnir to'riga ko'ra, Germaniya va Ispaniya jamoalari 1/4 finalda o'zaro to'qnash kelishi mumkin. Manba malumotlariga ko'ra, «Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drezen UEFA «Bavariya»ga qarshi bo'ladigan ehtimoliy o'yin vaqtida Madrid klubidan «Santyago Bernabeu» stadionining tomini yopmaslikni talab qilishiga erishmoqchi.

Drezen buni "qaymoqranglilar"ning uy stadionidagi muhit Myunxen jamoasi futbolchilariga haddan tashqari kuchli tasir ko'rsatishi va o'yin natijasiga o'z hissasini qo'shishi mumkinligi bilan izohlamoqda. Taxminlarga ko'ra, Drezen bunday poziciyani «Bavariya»ning 2023/2024 yilgi mavsumda ECHL yarim finalida «Real»dan mag'lubiyatga uchragani sababli egallagan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar