Meksika prezidenti Eron terma jamoasi o‘yinlarini qabul qilishga tayyorligini bildirdi

  • Mr.NoBoDy 17.03.2026 23:33
  • 1587
  • 30

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum mamlakat 2026 yilgi jahon chempionati doirasida Eron terma jamoasi o‘yinlarini qabul qilishga tayyor ekanini aytdi. Avvalroq Eron futbol federasiyasi rahbari Mehdi Toj Eron milliy jamoasi o‘yinlarini Amerika Qo‘shma Shtatlaridan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.

— Eron terma jamoasi o‘yinlarini jahon chempionatida Meksikada o‘tkazish uchun sharoit bormi? Eron bu masalaga qiziqish bildirgan.
— Ular buni FIFA bilan muhokama qilmoqda, chunki dastlab bu o‘yinlar turnir doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

«Hozircha bu masala ko‘rib chiqilmoqda va belgilangan vaqtda sizlarga ma’lum qilamiz. Meksikaning dunyoning barcha davlatlari bilan munosabatlari bor. FIFA qanday qaror qabul qilishini ko‘ramiz va shundan keyin axborot beramiz», — dedi Sheynbaum.

— Demak, Meksika uchun Eron terma jamoasi o‘yinlarini qabul qilishda muammo yo‘qmi? Masala faqat logistikadami?
— Ha, — deya Sheynbaumning so‘zlarini keltiradi El Universal nashri.

Eron terma jamoasi Osiyo saralash bosqichidan o‘tib, G guruhidan joy olgan. U yerda ular Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan o‘ynaydi.

Jadvalga ko‘ra, Eron Los-Anjeles shahrida Yangi Zelandiya va Belgiyaga qarshi, keyin esa Sietl shahrida Misrga qarshi maydonga tushishi kerak.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar