Meksika Eronning JCH-2026dagi o'yinlarini qabul qilishga tayyor. Bu haqda mamlakat prezidenti malum qildi

  • Mr.NoBoDy 17.03.2026 23:24
  • 815
  • 30

Meksika prezidenti mamlakat Eronning JCH-2026 dagi o'yinlarini qabul qilishga tayyorligini malum qildi.

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Eronning JCH-2026 dagi o'yinlarini mamlakatga ko'chirish ehtimoli muammo tug'dirmasligini aytdi. Avvalroq, Eron futbol federaciyasi prezidenti Mehdi Toj o'z terma jamoasining JCH-2026 dagi o'yinlarini AQSHdan Meksikaga ko'chirish bo'yicha muzokaralar olib borilayotganini malum qilgandi. FIFA esa turnirning barcha o'yinlari avval elon qilingan jadvalga muvofiq o'tishini kutmoqda.

– Meksikaning jahon chempionatida Eron o'yinlariga mezbonlik qilishi uchun sharoit bormi?

– Bu masala ko'rib chiqilmoqda, vaqti kelganda sizga xabar beramiz. Meksika dunyoning barcha mamlakatlari bilan aloqalarni qo'llab-quvvatlaydi. FIFA qanday qaror qabul qilishini ko'raylikchi, shundan so'ng yangilangan malumotlarni taqdim etamiz.

– Demak, Meksika uchun bu muammo emas, shunchaki FIFAdagi logistika masalasi, shundaymi?

– Ha, — dedi Sheynbaum.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar