“Barselona” Bastoniga qiziqish bildirmoqda. “Inter” futbolchiga narx belgilagan

  • Mr.NoBoDy 17.03.2026 22:56
  • 2644
  • 30

“Barselona” Bastonini sotib olmoqchi.

Alessandro Bastoni faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. ESPN nashrining xabar berishicha, “Barselona” “Inter” futbolchisini o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor. Ayni paytda kataloniyaliklar boshqa variantlarni ham ko'rib chiqmoqda.

“Barsa” sport direktori Deku italiyalik futbolchini, shuningdek, Pau Torres (“Aston Villa”) va Niko Shlotterbekni (“Borussiya Dortmund”) kuzatmoqda. Luka Vushkovich va Mikki van de Ven (“Tottenhem”), qolaversa, Natan Ake (“Manchester Siti”) nomlari ham “Barselona” bilan bog'lanmoqda.

Bastoni asosiy nomzodlardan biri sifatida etirof etilmoqda. Ammo futbolchining transfer narxi yuqoriligi shubha uyg'otmoqda: La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, buning uchun 50 million evrodan ko'proq mablag' talab qilinadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar