Eron JCH-2026 o‘yinlarini AQSHdan Meksikaga ko‘chirishni so‘ramoqda

  • Mr.NoBoDy 17.03.2026 12:11
  • 288
  • 30

Eron futbol federasiyasi FIFA bilan muzokaralar olib bormoqda. Ular milliy terma jamoa ishtirok etadigan 2026 yilgi jahon chempionati o‘yinlarini AQSHdan Meksikaga ko‘chirishni so‘ramoqda. Bu haqda AFP agentligi Meksikadagi Eron elchixonasiga tayanib xabar berdi.

Eron futbol federasiyasi rahbari Mehdi Tojning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik masalasi asosiy sabab bo‘lib turibdi. Uning aytishicha, agar Donald Tramp Eron terma jamoasi xavfsizligini kafolatlay olmasligini bildirgan bo‘lsa, jamoa AQSHga bormaydi.

«Tramp Eron milliy jamoasi xavfsizligini kafolatlay olmasligini ochiq aytganidan keyin, albatta, biz Amerikaga bormaymiz. Hozir FIFA bilan JCH-2026 doirasida Eron terma jamoasi o‘yinlarini Meksikada o‘tkazish masalasida muzokara olib boryapmiz», — dedi Toj.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi jahon chempionati iyun–iyul oylarida bo‘lib o‘tadi. Turnir o‘yinlari AQSHning 11 shahrida, Meksikaning 3 shahrida va Kanadaning 2 shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eron terma jamoasi Osiyo saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, G guruhidan joy olgan. U yerda ular Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan bir guruhda o‘ynaydi.

Jadvalga ko‘ra, Eron Los Anjelesda Yangi Zelandiya va Belgiyaga qarshi, keyin esa Sietlda Misrga qarshi maydonga tushishi kerak.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar