
— Ilgari ham O'zbekistonda faoliyat yuritgansiz. Bu safar yangi jamoaga moslashish jarayoni haqida gapirib bersangiz...
— Birinchi daqiqadanoq jamoa rahbariyati va bosh murabbiy menga loyihani taqdim etganida, juda katta hayajon xis qildim. Futbolga bo'lgan ishtiyoqim va muhabbatim meni dunyoning ko'plab joylariga olib bordi. Ammo "Neftchi" menga ko'rsatgan istiqbol sabab avval oilam bilan, keyin esa janob Kuper bilan gaplashdim va oxir-oqibat uning murabbiylar shtabini tark etishga qaror qildim. Uning roziligi va yaxshi tilaklari bilan "Neftchi" taklifini qabul qildim. Moslashuv jarayoniga kelsak, bunga vaqt ham bo'lmadi, chunki Antaliyadagi birinchi ish kunidanoq juda qattiq ish boshladik. Ko'p soatlik mashg'ulotlar, ko'plab o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdik. Farg'onaga qaytgach, rasmiy o'yinlarga etibor qaratishimiz kerak edi. Bundan tashqari, futbolchilarimizga butunlay boshqacha professional kundalik hayotni taklif qilishni xohladik. Bu esa katta mehnat va sabr-toqatni talab qiladi. Shu bilan birga, O'zbekistonning mentaliteti hamda turmush tarzini allaqachon bilardim va rostini aytsam, buni juda sog'ingandim.

— Superkubok o'yiniga kelsak, final hushtagidan keyingi xis tuyg'ularingiz haqida...
— Men xanuzgacha bunga to'liq ishonib ulgurmadim, go'yo orzudek tuyulyapti. Ammo sovrin qo'lga kiritish — bu tariflab bo'lmaydigan tuyg'u. Hayajon, quvonch, o'zini oqlaganlik hissi, bu juda ajoyib edi. "Neftchi" bilan yana ko'plab lahzalarni boshdan kechirish uchun qattiq mehnat qilaman.
— Futbolchilar maydonga tushishidan oldin ularga nima dedingiz?
— Kiyinish xonasidan chiqishdan oldin ularga to'liq diqqatni jamlashlarini so'rab: "Bir-biringizga ishoning, bir-biringiz uchun kurashing va biz g'alaba qozonamiz", dedim
— Stadiondagi muhit haqida nima deya olasiz? Uni Evropa o'yinlaridagi muhit bilan solishtirsa bo'ladimi?
— Men allaqachon muxlislarimiz bilan o'zgacha bir bog'liklikni xis qilyapman. Ular mening jamoam "Aris" Saloniki muxlislarini eslatadi. Bizda bir xid ranglar, bir xil fanatizm, jamoaga bo'lgan bir xil sevgi bor. Ular jamoani hamma joyga kuzatib borishadi. Hatto timsolimiz ham bir xil — yo'lbars! Bir kun kelib ikki klub o'rtasida birodarlik bo'lishini juda xohlardim.