Finalissima bo'lishi uchun Argentina o'z talablarini qo'ydi, aks holda...

  • Mr.NoBoDy 15.03.2026 10:24
  • 299
  • 30

Argentina va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi Finalissima o'yin bekor bo'lishi xavfi ostida turibdi.

Avvalroq uchrashuv "Santyago Bernabeu" stadionida o'tkazilishi mumkinligi haqida malumot paydo bo'lgandi.  Keyinroq Argentina terma jamoasi Madridda o'ynashdan bosh tortgani malum bo'ldi.

TYS Sports jurnalisti Gaston Edulning xabar berishicha, Argentina futbol associaciyasi (AFA) tomonidan Finalissima o'tkazish bo'yicha oxirgi qarshi taklif yuborilgan: o'yin 31 mart kuni va neytral maydonda bo'lishi kerak — aks holda o'yin bo'lmaydi.

ESPN jurnalisti Esteban Edul yozishicha, Argentina 31 mart kuni Rimdagi Olimpiya stadionida o'yin o'tkazishni taklif qilgan. Boshqa variantlar qolmagan.

El Chiringuito nashri xabar berishicha, yaqin soatlar ichida Finalissimaning bekor qilinishi rasman elon qilinadi.

Aslida ushbu bahs 27 mart kuni Dohada bo'lishi kerak edi, lekin Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli uni ko'chirishga qaror qilindi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar