
"Birinchi taym biz xohlaganimizdek o'tdi. Biz shunday atmosfera va shunday formada "Galatasaroy"ni darvozamizga yaqinlashtirmaslikka harakat qildik. Ular hujum zonasida yaxshi pressing qilishdi. Ikkinchi taymda boshida olgan ikkita sariq kartochkamiz bizni kam sonli qoldirdi, keyin darhol gol o'tkazib yubordik. Shundan keyin maydonda xohlagan o'yinimizni ko'rsata olmadik. O'yindan oldin aytgandim: bunday o'yinlarda g'alaba qozonmoqchi bo'lsang, vaziyatlarni to'g'ri ishlatish kerak. Raqib juda kuchli jamoa. O'n kishi bilan o'ynab, xohlagan natijani ko'rsata olmadik. Bu o'yinni unutib, oldinga qaraymiz. Bugungi o'yin bilan "Galatasaray"ni tabriklayman", - deb fikr bildirdi Shahin.