Maykl Kerrik: "Skoulzning tanqidiga etibor bermadim"

  • Mr.NoBoDy 13.03.2026 21:16
  • 291
  • 30

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik sobiq jamoadoshi Pol Skoulzning ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidi haqida gapirdi.

Oldinroq Skoulz "Nyukasl"dan uchralgan mag'lubiyatdank keyin: "Jamoa so'nggi 4 o'yinni yomon o'tkazdi. Kerrikda rostdan ham o'zgacha hususiyat bormidi?", deb yozib o'tgandi.

"Umuman olganda o'zgacha hech nima yo'q. Hozir haqiqat shunday - ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar, turlicha fikrlar. Buni turlicha talqin qilish mumkin. Shu sababli bunga xotirjam munosabatdaman.

Turlicha fikrlar bor, hozir istalgan so'zdan ayb topish mumkin. Bundan xavotir olmayapman. Umuman olganda Skoulzning tanqidiga etibor qaratmadim", - dedi Kerrik.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar