
Bu haqda Madrid Xtra jurnalist Matteo Morettoga tayanib xabar bermoqda.
Malumotlarga ko'ra, "qirollik klubi" tomonidan o'yinchi uchun boshlang'ich narx 50 million evro etib belgilangan.
Kamavinga "qirollik klubi"da 2021 yil yozidan beri o'ynaydi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 31 ta o'yinda ishtirok etib, 2 gol va 1 golli uzatma qayd etdi. O'yinchi bilan shartnoma 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining bozor narxi 50 million evroni tashkil etadi