Eron futbol federaciyasi AQSH prezidentining gaplariga javob qaytardi

  • Mr.NoBoDy 13.03.2026 08:24
  • 325
  • 30

Eron terma jamoasi matbuot xizmati AQSH prezidenti Donald Trampning 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishi noo'rinligi haqidagi bayonotidan keyin rasmiy bayonot berdi.

"Jahon chempionati — bu xalqaro miqyosdagi tarixiy voqea bo'lib, uni tashkilotchisi FIFAdir, muayyan bir davlat emas. Eron terma jamoasi ham o'z haqligi bilan va muntazam g'alabalar orqali turnirga yo'llanma oldi va ushbu turnirga birinchilar qatorida yo'l oldi.

Albatta, hech kim Eron terma jamoasini jahon chempionatidan chetlatolmaydi. Balki, faqat "mezbon" unvonini olgan, lekin turnirda ishtirok etuvchi jamoalar xavfsizligini taminlay olmaydigan davlatni chetlatish kerakdir", — deb yozilgan Eron terma jamoasining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntidagi bayonotda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar