
Superliga. 3-tur
"Dinamo" – "Nasaf" 1:0
Gollar: 44 - Anvar Hojimirzaev
Samarqand. "Dinamo" stadioni. 20:00
Bosh hakam: Doston Rahmonov
Yordamchi hakamlar: Shohruh Yo'ldoshev, Sardor Umrzoqov
Zaxira hakami: Mamurjon Ilhomov
VAR: G'ayrat Jo'raev
AVAR: Maksim Nexochin
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
Komissar: Diyor Xotamqulov
"Dinamo": 1.Edem Nemanov, 5.Mahamadu Dembele, 6.Jahongir O'rozov, 7.Sanjar Qodirqulov, 8.Azizbek Amonov, 10.Anvar Hojimirzaev, 15.Rasul Yo'ldoshev, 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.Jahongir Abdusalomov, 37.Firdavs Abdurahmonov, 44.Kingsli Sarfo.
Zaxira: 13.Ravshanbek Yagudin, 4.Nurillo To'xtasinov, 11.Xislat Xalilov, 16.Dramane Salou, 17.Salim Mustafoev, 19.Mauro Brazil, 91.Bektemir Abdumannonov, 97.Til Mavretich, 99.Ulug'bek Hoshimov.
"Nasaf": 1.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Sardor Bahromov, 7.Adenis Shala, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 17.Murod Rahmatov, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 21.Samandar Muratbaev, 4.Akramjon Komilov, 20.Yusuf Otubanjo, 22.Diyor Abdunazarov, 27.Yashnarbek Berdirahmonov, 32.Quvonch Xushvaqtov, 33.Bahodir Xalilov, 80.Davron Usmonov, 99.Kingsli Sokari.
Ogohlantirishlar: 13 - Azizbek Amonov, 18 - Jahongir Abdusalomov, 33 - Oybek Rustamov
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
Firdavs Abdurahmonov "Nasaf"ning bir nechta himoyachisini aldab o'tib jarima maydonchasiga kirdi, to'pni Xojimirzaevga uzatdi, Anvarning zarbasi esa golga aylandi.
44. GOL! Anvarjon Xojimirzaev hisobni ochdi!
41. Xojimirzaevning uzoqdan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.
37. Yaxshi imkoniyat bo'ldi "Dinamo"da. To'p darvozaga kirib ketayotganda qarshiliklar vakili qaytarib yubordi.
32. "Nasaf" hujumda faol, biroq hozircha ulardan naf chiqmayapti. Maydon egalari esa ko'p hollarda qarshi hujumda o'ynamoqda.
24. Zo'r zarba Xojimirzaevdan! Qulay nuqtaga chiqib darvoza tomon tepdi, Nematovdan ajoyib seyv!
21. Xavfli vaziyat! Bobir Abdixoliqov o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi, Nemanov ajoyib tarzda qaytardi!

21. Amonov darvoza tomon zarba berdi, to'p rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.
18. Qizil kartochka ko'rsatilmadi, o'yin davom etadi.
15. Yana to'qnashuv, Rustamovga zarba berildi. VAR ehtimoliy qizil kartochkani ko'rib chiqmoqda.
12. Amonov va Nematov to'qnashib ketdi, Abduvohid jarohatlangan bo'lishi mumkin.
10. Bobir Abdixoliqovning bosh bilan bergan zarbasi birozgina noanq bo'ldi.

6. Jumaboev uzoqdan zarba berdi, Nematov qaytardi.
1. O'yin boshlandi!




- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliga 3-turidan joy olgan "Dinamo" – "Nasaf" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif qilamiz.