
"Shporlar" darvozabon poziciyasida muammo borligini anglab turibdi va uni kuchli transfer orqali hal qilish niyatida.
"Media Foot"ning xabar berishicha, SHimoliy London klubi PSJ darvozaboni Lyuka Shevaleni jamoaga olib kelish variantini ko'rib chiqmoqda. U Luis Enrike qo'l ostida asosiy darvozabon maqomiga ega emas va "Tottenxem"ga ko'chib o'tishga rozi bo'lishi mumkin.

Biroq buning uchun ikki shart bajarilishi kerak: jamoa APLdan tushib ketmasligi va Shevalega asosiy posbon maqomi taqdim etilishi.