
"El Nacional" malumotlariga ko'ra, arab futbol bosqichini yakunlagandan so'ng Ronaldu Evropaga qaytib, yana Portugaliyaning "Sporting" jamoasi safida o'ynashni rejalashtirmoqda.
Portugaliyalik futbolchi avvalo yozda bo'lib o'tadigan navbatdagi Jahon chempionatida ishtirok etishni maqsad qilgan. Yoshi o'tib borayotganiga qaramay, Krishtianu hali ham asosiy tarkibning muhim o'yinchisi va milliy terma jamoaning etakchilaridan biri hisoblanadi.