Arbeloa: "Real"miz va bizni hech qachon kamsitish mumkin emas"

  • Mr.NoBoDy 12.03.2026 10:08
  • 534
  • 30

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi 2025/2026 yilgi mavsumi 1/8 final bosqichida "Manchester Siti"ga qarshi o'tgan birinchi uchrashuv natijasiga izoh berdi. Madridda bo'lib o'tgan bahsda mezbonlar 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

"Natija kutganimizdan ham yaxshi bo'ldi. "Bernabeu"da futbolchilar o'yindan zavq olganidan xursandman — ular so'nggi davrdagi sinovlardan keyin bunday kechani munosib ravishda qo'lga kiritishdi. Tashqaridan jamoamizning kuchiga nisbatan shubhalar ham eshitildi. Ammo biz — "Real"miz va bizni hech qachon kamsitish mumkin emas.

Biz "Siti"ning o'yin uslubini va Gvardiola taktikasini yaxshi bilamiz, u nimaga intilishini tushunamiz. Biz ular uchun maydonni chekladik va asosiy pas yo'llarini yopdik. Raqiblar sizni oldinga chiqishga majbur qilib, keyin qarshi hujum uyushtirishga harakat qiladi. Biroq sabr bilan harakat qilib, ularning himoyasi ortiga hujumlar tashkil etdik va xavfli vaziyatlar yarata oldik.

Men uchun Valverde — zamonaviy Xuanito. U "Real" futbolchisi qanday o'ynashi kerakligining yorqin namunasi", — dedi Arbeloa.

Malumot uchun, jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart kuni Manchesterdagi "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar