"Buxoro"ning g'alabali yurishi davom etadimi? Termiz va Toshkentda favorit aniq - Ekspert fikri

  • Mr.NoBoDy 11.03.2026 12:24
  • 116
  • 30

Bugun Superliganing 3-turidan o'rin olgan navbatdagi bellashuvlar bo'lib o'tadi.

Bu o'yinlar oldidan saytimizning 3-tur eksperti Artyom Filiposyan o'z taxminlari bilan o'rtoqlashdi.

Match-senterda ochish

— "Surxon — "Bunyodkor" o'yiniga kelsak, bu bahsda "Bunyodkor" favorit. "Surxon" jamoasida ishlar yaxshi emasligi hammaga malum. Lekin bu — futbol. Mening fikrimcha, "Bunyodkor" g'alaba qozonadi.

Match-senterda ochish

— "Lokomotiv" — "Qo'qon-1912" bahsi. "Lokomotiv" ham yaxshi start oldi. "Qo'qon-1912" jamoasi esa ikki turda mag'lub bo'ldi. Qo'qonda ham yaxshi jamoa va yaxshi futbolchilar shakllangan. Shunga qaramay, "Lokomotiv" bu o'yinda g'alaba qozonadi, deb o'ylayman.

Match-senterda ochish

— "Buxoro" — "Xorazm" to'qnashuvi. "Buxoro" yaxshi start oldi, o'tgan turda "Navbahor"ni safarda mag'lub etdi. "Xorazm" ham yaxshi jamoa, o'tgan turda OKMKni yutdi. "Xorazm"ga hurmat bilan qarayman. Lekin men "Buxoro"ga muxlislik qilaman, chunki o'zim ko'p yillar "Buxoro"da o'ynaganman. Shuning uchun "Buxoro" yutadi, deb o'ylayman.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar