Katulondi Kati: "Umid qilamanki, O'zbekiston bilan jahon chempionatida uchrashamiz"

  • Mr.NoBoDy 11.03.2026 12:56
  • 324
  • 30

“Navbahor”ning Kongo DR mamlakatidan bo'lgan yangi legioneri “Paxtakor”ga qarshi o'yindan so'ng Championat.asia saytiga intervyu berdi.

– O'yin haqidagi fikringiz qanday? 2:0 hisobidagi tarixiy g'alaba va kiritgan golingiz bilan tabriklaymiz. Taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

– Rahmat, judayam xursandman. Yaxshi o'yin o'tkazdik va ajoyib g'alabani qo'lga kiritdik. Rostini aytsam, o'yin qiyin kechdi, ammo eng muhimi - qanday yo'l bilan bo'lmasin g'alaba qozonish edi. Natijadan hamda jamoa safida o'zimning dastlabki golimni urganimdan behad shodman.

– "Navbahor" klubiga transferingiz qanday yuz berdi?

– Transfer jarayoni silliq o'tdi. Klub safiga qo'shilganimdan xursand bo'ldim. Jamoaning menga taqdim etgan loyihasi maqul keldi. Bu erdaligimdan mamnunman, o'zimni baxtli his qilyapman.

– Kongo Demokratik Respublikasi milliy terma jamoasi Jahon chempionati yo'llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Agar mundialda O'zbekiston va Kongo terma jamoalari bitta guruhdan joy olishsa, bunga qanday munosabat bildirgan bo'lardingiz?

– Kongolik birodarlarimga omad tilayman. Umid qilamanki, O'zbekiston bilan jahon chempionatida uchrashamiz.

VIDEO

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar