Ayollar o'rtasidagi Osiyo Kubogi. O'zbekiston Bangladeshga 4 ta gol urdi va pley-offga yo'l oldi

  • Mr.NoBoDy 09.03.2026 16:00
  • 492
  • 30

Kotrina Kulbite qo'l ostidagi O'zbekiston terma jamoasi musobaqa 3-turida Bangladeshga qarshi bahs olib bordi.

Unda o'zbekistonliklar 4:0 hisobida zafar quchdi va uchinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqishga muvaffaq bo'ldi. O'zbekistonning chorak finaldagi raqibi "A" yoki "C" guruhi g'olibi bo'ladi. 

Guruhdagi parallel uchrashuvda Xitoy KXDRni 2:1 hisobida yutib, guruh peshqadami sifatida pley-offga yo'l oldi, shimoliy koreyaliklar esa ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqdi. 

Malumot o'rnida, O'zbekiston -2 to'plar farqi bilan uchinchi pog'ona bilan guruhdan chiqishi mumkin bo'lgan ikki terma jamoadan biri bo'ldi. Ikkinchi yo'llanmaga Vetnam yoki Filippin ega chiqadi.

Osiyo Kubogi

3-tur

Bangladesh – O'zbekiston 0:4

Gollar: Diyora Habibullaeva 10', Dildora Nozimova 62', 66', Nilufar Qudratova 88'

 

Eslatib o'tamiz, Kulbite shogirdlari avvalgi turlarda KXDR (0:3) va Xitoyga (0:3) imkoniyatni boy bergan edi.

Ўхшаш янгиликлар