"Inter Mayami" Oq uyga tashrifidan so‘ng bayonot berdi

  • Mr.NoBoDy 07.03.2026 13:22
  • 317
  • 30

Yaqinda MLSning amaldagi chempioni — «Inter Mayami» klubi delegasiyasi Oq uyga tashrif buyurdi. Jamoa futbolchilari AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdilar. Tadbirda «Oltin to‘p»ning sakkiz karra sohibi va jahon chempioni Lionel Messi ham ishtirok etdi.

«Qabul uchun Oq uyga minnatdorchilik bildiramiz. G‘alabamizni alohida qayd etganingiz uchun tashakkur», — deyiladi Florida klubi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

38 yoshli Messi «Inter Mayami» safiga 2023 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil dekabr oyi oxirida yakuniga etadi. Argentinalik hujumchining transfer qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar