
"Bu erda Chempionlar Ligasi o'yinlaridan ko'ra Liga Kubogi muhimroq. Birinchi kundanoq shunday bo'lgan. Shuning uchun bunga ajablanmasa ham bo'ladi.
Men bunga unchalik etibor bermayman, sababi allaqachon taslim bo'lganman. Treblni yutganimizda ham xuddi shunday bo'lgandi. Shuning uchun shikoyat qilmayman, ammo bu erda ishlagan 10 yil davomida ko'plab hamkasblarim shunday qilishini bilaman.
Men hech narsa so'ramayman va agar biz 20:00 da o'ynasak, 20:00 da o'ynaymiz. Kechqurun o'ynab, shanba kuni uchishimiz mumkin. Bu yaxshi tarafi. Kamchiligimiz shundaki, Madriddagi o'yin oldidan tiklanish uchun kamroq vaqtimiz bor”, — dedi Gvardiola.