"Jamoani elkasida sudrab kelmoqda". "Real" murabbiyi Arbeloa Valverde haqida

  • Mr.NoBoDy 07.03.2026 07:56
  • 965
  • 30

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya La Ligasi 2025/2026 mavsumi 27-turida "Selta" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jamoa sardori Federiko Valverdening o'yinini yuqori baholadi.

"Fede Valverde — "Real" o'yinchisi qanday bo'lishi kerak bo'lsa, shunday. Unda Xuanito ruhi bor. U jamoani elkasida sudrab kelmoqda", — degan Arbeloa.

27 turdan so'ng Ispaniya La Ligasida "Real" 63 ochko to'plab, turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Hozirda peshqadam «Barselona»dan atigi bir ochko orqada.

27 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarada 38 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 12 ta assist bor.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar