"Inter Mayami" egasi Lionel Messining klubdagi yillik maoshini aytdi

  • Mr.NoBoDy 07.03.2026 07:32
  • 456
  • 30

"Inter Mayami" egasi Xorxe Mas Lionel Messi haqida fikr bildirdi va klubga jahon darajasidagi sponsorlar kerakligi sababini tushuntirdi.

"Menga sponsorlar kerak bo'lishining sababi — o'yinchilar qimmat. Men Messiga yiliga 60-70 million evro to'layman, barcha bonuslarni qo'shganda. Lekin u har bir kopeykasiga arziydi", — degan Mas.

Argentinalik yulduz dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar ro'yxatida ikkinchi o'rinni egallab turibdi, faqat "Al Naccr hujumchisi Krishtianu Ronaldudan orqada.

Messi 2023 yilda "Inter Mayami"ga o'tgan va shu vaqtdan beri klub uchun 90 ta o'yin o'tkazib, 79 ta gol urdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar