Superliga. "So'g'diyona" – "Nasaf" 0:2 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 06.03.2026 19:40
  • 360
  • 30

Superliga 2-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Nasaf" uchrashuvi boshlandi.

Superliga

2-tur

"So'g'diyona" – "Nasaf" 0:2 LIVE

Gol: 15 - Oybek Rustamov, 22 - Sharof Muhitdinov (Zafarmurod Abdiraxmatov)

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar: Andrey Capenko, Timur Gaynullin 

Zahira hakami: Sanjar Nazarov 

Nazoratchi: Marat Ismoilov 

VAR: Doston Rahmonov 

AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov 

Komissar: Shohruh Said 

"So'g'diyona": 18.Nikola Mirkovich, 2.Zoir Jo'raboev, 4.Otabek Ahadov, 7.Aleksandr Bolevich, 8.Suhrob Izzatov, 9.Feysal Mulich, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 14.Lyupcho Doriev, 32.Nodirjon Soyibov, 70.Jasurbek Jaloliddinov, 77.Oybek Nurmatov.

Zaxira: 1.Shohruh Isoqov, 13.Filip Ivanovich, 17.Ollabergan Karimov, 20.Fazliddin Omonkeldiev, 29.Amirbek Saidov, 30.Muhammadayub Omonov, 42.Sardorbek Erkinov, 47.Abduazim Ortiqov.

"Nasaf": 1.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Sardor Bahromov, 7.Adenis Shala, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 17.Murod Rahmatov, 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 82.Asilbek No'monov, 4.Akramjon Komilov, 20.Yusuf Otubanjo, 22.Diyor Abdunazarov, 27.Yashnarbek Berdirahmonov, 32.Quvonch Xushvaqtov, 76.Zafar Sadullaev, 80.Davron Usmonov, 99.Kingsli Sokari.



YANGILASH




22. GOOOL. Zafarmurodning ajoyib uzatmasidan so'ng Muhitdinov raqib maydonchasiga kirmasdan zarba yo'lladi, bu erda ham mezbonlar darvozaboni zarbani to'xtata olmadi

17. Jasur Jaloliddinovning yana bir zarbasi noaniq ketdi

15. GOOOOL. Rustamov hisobni ochmoqda. Qizig'i Oybekning o'zi maydon markazida raqibdan to'pni olib qo'ydi va bemalol raqib maydonchasiga kirib bordi va zarba yo'lladi. Bu zarba oldida raqib darvozaboni ojiz qoldi

12. Jasur Jaloliddinov raqibdan yaxshi o'tdi va zarba yo'lladi, biroq uning zarbasi noaniq ketdi

11. Hozircha uchrashuv asosan maydon markazida o'tmoqda. Har ikki jamoa hujum qilishda qiyinchilikka uchramoqda

Uchrashuv boshlandi!

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar