
Futbolchining "Liverpul" bilan shartnomasi 2026 yilning iyunigacha mo'ljallangan, ammo yangi kelishuv bo'yicha muzokaralar hozircha natija bergani yo'q.
Franciya terma jamoasi futbolchisi 1 yanvardan boshlab Angliyadan tashqaridagi klublar bilan muzokara olib borish va dastlabki shartnomalarni imzolash huquqiga ega bo'ldi, bu esa Madrid klubi qiziqishini yanada oshirdi.
Avvalroq "Liverpul" sardori Virjil van Deyk himoyadagi sherigiga yuqori baho berib, Konate jamoada qolishidan umidvor ekanini aytgan. Niderlandiyalik futbolchiga ko'ra, francuz ham maydonda, ham maydondan tashqarida muhim figura hisoblanadi va u uni jahon darajasidagi himoyachi deb biladi.
Bosh murabbiy Arne Slot ham klub futbolchining vakillari bilan muzokaralarni davom ettirayotganini tasdiqladi. Shu bilan birga, mutaxassis "Liverpul" Konateni saqlab qolishni xohlashini aytdi, biroq muzokaralar natijasi hali ham noaniqligicha qolmoqda.
"Bild" nashrining yozishicha, ayni paytda Konate "Real"ning himoyani kuchaytirish bo'yicha asosiy maqsadi hisoblanadi. Xabar qilinishicha, futbolchi ham Angliyadan tashqaridagi faoliyatining yangi bosqichi haqida o'ylab qo'ygan.