Bellingem tiklanishni tezlatish uchun Londonga ketdi

  • Mr.NoBoDy 06.03.2026 11:48
  • 367
  • 30

"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem klub tibbiy shtabi ishidan qoniqmay, qo'shimcha maslahat olish uchun Londondagi shifokorlarga murojaat qilishga qaror qildi.

Bu haqda "beIN SPORTS" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ingliz xavbeki jarohatdan tiklanish jarayoni cho'zilib ketganini anglamoqda. Shu sababli u ikkinchi tibbiy xulosani olish uchun Buyuk Britaniyaga yo'l olgan. Safarda futbolchiga Madrid klubi tibbiy xizmati rahbari Niko Mixich hamrohlik qilmoqda.

Xabar qilinishicha, Bellingem hozirgi davolash kutilgan natijani bermayotganidan xavotirda. Maydonga qaytish kechikishi mavsumning hal qiluvchi o'yinlarida qatnashishiga tasir qilishi mumkin.

Bellingem joriy mavsum "Real" safida 27 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi. U oxirgi marta 1 fevral kuni "Rayo Valekano"ga qarshi bahsda maydonga tushgan, o'sha o'yinda jarohat olib, 10-daqiqada almashtirilgan. Shundan keyin yarim himoyachi taxminan 2 oyga safdan chiqqan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar