
Termizliklarni 18 yoshli o'ng qanot himoyachisi Behruz Karimov sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. "Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, "Surxon"ning 8 nafar futbolchisi bir necha oydan beri maoshlar berilmayotgani bois kechagi bellashuvda maydonga tushishdan bosh tortgan. Shu sabab kecha termizliklar yosh o'yinchilar bilan amaldagi chempionga qarshi to'p tepishgan.
