
"Men Amerika prezidenti sifatida Lionel Messini Oq uyda birinchi marta qabul qilganimdan faxrlanaman! Lionel, mening o'g'lim sening muxlising. U seni haqiqiy afsona deb biladi. Kelganing uchun rahmat! Men o'ylaymanki, jamoadagi barcha futbolchilar orasida Messi eng katta bosim ostida bo'ladi, chunki undan har doim va hamma joyda faqat g'alaba kutiladi. U yana o'zini haqiqiy chempion sifatida ko'rsatdi va Amerikada chempionlikni qo'lga kiritdi. Pele futbolda juda zo'r bo'lgani aytiladi. Ayting-chi, kim kuchliroq: Pele yoki Messi? Men Messini tanlagan bo'lardim", — dedi Tramp Oq uyning rasmiy akkaunti orqali o'tkazilgan translyaciyada.