
Superliga
2-tur
"Surxon" – "Neftchi" 0:3 (LIVE)
Termiz. "Surxon Arena". 19:30
Gol: Stipe Perica (Izzatillo Po'latov) 40', Stipe Perica 48', Yovan Jokich (Farruh Sayfiev) 72'
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
Yordamchi hakamlar: Shavkat Rahmatov, Akmal G'iyosov
Zahira hakami: Alisher Rahimqulov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
VAR: Rustam Lutfullin
AVAR: Kristina Sereda
Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev
"Surxon": 25.Otabek Boymurodov, 2.Behruz Karimov, 3.Behruz Jumatov, 9.Stiven Chinedu, 10.Sunnatilla Abdullajonov (77.Asadbek Karimov, 71), 11.Richard Fraydey, 14.Tohir Ashurbaev, 17.Sarvar Abduhamidov (19.Farruh Qodirov, 64), 21.Tornike Dzebniauri, 26.Behruz Shukurullaev, 27.Muhammadali Musaxonov.
Zaxira: 86.Davron Merganov, 31.Kamron Ergashev, 33.Umidbek Quvondiqov, 38.Shohruh Qaxorov, 55.Yahyobek Zokirov, 78.Jamshid Omonov, 91.Azamjon Temirxonov.
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 2.Izzatillo Po'latov (8.Vladimir Yovovich, 60), 4.Boyan Ciger, 9.Xurshid G'iyosov (22.Alisher Odilov, 46), 10.Jamshid Iskanderov, 11.Asilbek Jumaev (7.Abrorbek Ismoilov, 46), 18.Stipe Perica (32.Zoran Marushich, 60), 20.Anvarjon G'ofurov, 23.Yovan Jokich, 30.Rustambek Fomin, 34.Farruh Sayfiev.
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 14.Daler Tuxsanov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 77.Ratino.
Ogohlantirish: Tohir Ashurbaev (44).
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
75. Uuuux! Chineduning zarbasi rikoshet orqali ustunga borib qaytdi.
72. GOL! Sayfievning uzatmasidan so'ng Jokich bosh bilan gol urib, hisobni yiriklashtirdi — 0:3!
71. "Surxon"da almashtirish: Abdullajonov o'rniga Karimov maydonga tushdi.
70. Uuux! Yovovichning qulay pasidan keyin Jamshid Iskanderov darvozani aniq nishonga ololmadi.
68. Zarba! Tohir Ashurbaevning bosh bilan bergan zarbasiga sal aniqlik etishmadi.
64. "Surxon"da o'zgarish: Abduhamidov o'rniga Qodirov tushirildi.
62. Zarba! Yovovich ketma-ket 2 ta zarba berdi, ammo to'p himoyachilarga tegib qaytdi.
60. "Neftchi"da 2 ta almashtirish: Perica o'rniga Marushich, Po'latov o'rniga Yovovich bahsni davom ettiradi.
59. Abdullajonovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.
55. Maydonda yotgan Fraydeyga tibbiy yordam kerak. "Surxon" legioneri G'ofurov bilan to'qnashib ketdi.
53. "Neftchi" muxlislari Termizda o'ziga xos atmosferani yaratgan holda amaldagi chempionni astoydil qo'llab-quvvatlab turibdi.
51. Zarba! Abdullajonovning uzatmasidan so'ng Tornike Dzebniauri bosh bilan ancha noaniq zarba yo'lladi.
48. GOL! Stipe Perica Odilov tepgan to'pni darvozabon qaytargach, uni bo'sh darvozaga joyladi va dubl muallifiga aylandi!
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. "Neftchi"da 2 ta o'zgarish: G'iyosov o'rniga Odilov, Jumaev o'rniga Ismoilov tushirildi.
Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
44. Tohir Ashurbaev Jumaevga nisbatan qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi.
43. Farruh Sayfievning muvaffaqiyatsiz uzatmasidan keyin to'p maydondan chiqib ketdi.
40. GOL! Izzatillo Po'latovning havolatib amalga oshirgan pasidan so'ng Stipe Perica bosh bilan to'p kiritib, hisobni ochdi — 0:1!
37. Iskanderovning burchakdan oshirib bergan to'pini himoyachilar bartaraf etishdi.
29. Zarbalar bo'yicha statistika: 3-2
22. Richard Fraydey qanotda to'pni qabul qilib oldi va ofsaydda ekani qayd etildi.
19. "Neftchi" to'pga egalik qilgan holda sekin-asta oldinga bormoqda, ammo hozircha hujumlar orqarli aytarli vaziyat hosil qilinmadi.
15. Iskanderov bir necha himoyachilar qurshovida qolib ketdi va to'pni yo'qotdi.
11. Uuux! Chineduning chap oyoqda bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.
10. Zarba! Stiven Chinedu aldamchi harakatlarni amalga oshirib, darvozani poylashga urindi va to'p yo'l-yo'lakay himoyachiga tegib maydonni tark etdi.
7. Jamshid Iskanderovning yaxshi o'ylangan pasiga Otabek Boymurodov ega chiqdi.
4. Malumot o'rnida, "Surxon"ning bir yo'la 8 nafar futbolchisi "Neftchi" bilan o'yin qaydnomasiga kirmadi. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, futbolchilar anchadan buyon maosh to'lanmayotgani bois maydonga tushishdan bosh tortishgan. Qaydnomadan quyidagi futbolchilar o'rin olishmadi:
Artyom Potapov, Jamaldin Xodjaniyazov, Nodirxon Nematxonov, Humoyun Sherbo'taev, Dostonbek Tursunov, Behruz Shaydulov, Behzod Shamsiev, Javohir Jo'raev
3. Bugungi bellashuvda "Surxon"ga 2007 yilda tug'ilgan Behruz Karimov sardorlik qilmoqda.
1. O'yin boshlandi!
- Uchrashuv 19:30 da boshlanadi.