Umid Hamroev uchrashuv qahramoni bo'lgan bahsda "Buxoro" "Navbahor"ni mehmonda mag'lub etdi

  • Mr.NoBoDy 05.03.2026 20:56
  • 234
  • 30

Superliga 2-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Buxoro" bahsi yakunlandi.

Superliga

2-tur

"Navbahor" – "Buxoro" 0:1 LIVE

Gol: 73 - Velko Filipovich (Muhammad Yuldashev)

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Adham Rixsiboev 

Zahira hakami: Dias Galeev 

Nazoratchi: Olim Abduvasilov 

VAR: Ahrol Risqullaev 

AVAR: Xayriniso Erkinova 

Komissar: Bekzod Aripov 

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 6.Shohruh Abdurahmonov ( 17.Muhammadali G'iyosov, 46), 7.Ruslan Jiyanov (77.Muhammadali Usmonov, 68), 8.Diyor Xolmatov, 9.Zabihillo O'rinboev ( 28.Katulondi Kati, 68), 20.Quvondiq Ro'ziev, 23.Vanya Ilich (97.Aleks Fernandes.46), 34.Giorgi Jgerenaya, 44.Anri Chichinadze, 70.Abbos G'ulomov (22.Umar Adhamzoda,83).

Zaxira: 35.Valijon Rahimov, 4.Islom Mamatkazin, 10.Shohmalik Komilov, 13.Benjamin Teydi, 

"Buxoro": 12.Umid Hamroev, 2.Velko Filipovich, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Xurshidbek Muxtorov, 10.Shahzod Ubaydullaev, 17.Javohir Ro'ziev (21.Mixeil Basheleishvili,70), 25.Sherzod Esanov, 27.Muhammad Yuldashev, 78.Vladimir Rodich (11.Timur Mamasidiqov, 70), 88.Dominik Begich (22.Asadbek Jo'raboev,61), 97.Shahboz Jo'rabekov.

Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 4.Nodir Ahmadjonov, 5.Sardor Qulmatov, 8.Anvar Jo'raev, 19.Abbos Umarov,   42.Kirill Todorov.

Ogohlantirish. 68 - Aleks Fernandes, 89 - Umid Hamroev



YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi

89. Hamroev ogohlantirildi 

89. Yana bir zarba va bu safar noaniq

86. Jo'raboev o'z darvozasiga gol kiritib qo'yishi mumkin edi, Xamroevdan super seyv

83. G'ulomovning o'rniga Adhamzoda maydonga tushdi

79. G'iyosovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini yana Hamroev qaytardi

73. GOOOL. Velko Filipovich burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng darvozani aniq nishonga olmoqda



72. Mezbonlardan navbatdagi hujum. Burchak zarbasidan so'ng Hamroev to'pni qaytardi. Qaytgan to'pni esa Kati noaniq yo'lladi

70. Rodich va Ro'ziev maydoni tark etdi. ularning o'rniga Basheleishvili va Mamasidiqov maydonga tushdi

68. Kati va Usmonov maydonga tushdi. Ular Jiyanov va O'rinboevni alishtirishdi

68. Ogohlantirish. Aleks Fernandes hakam bilan tortishgani uchun ogohlantirildi

62. Fernandeshning uzoqdan yo'llagan zarbasini Hamroev ushlab oldi

61. Begichning o'rniga Jo'raboev maydonga tushdi

60. Uchrashuvdagi eng xavfli vaziyatni mehmonlar tashkil qilishdi Rodichning zarbasini Yusupov qiyinchilik bilan qaytardi. Qaytgan to'pni esa Begish yaqin masofadan bo'sh darvozaga to'pni joylay olmadi

51. G'iyosovning zarbasi noaniq ketdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Ikkinchi bo'lim oldidan mezbonlarda o'zgarish. G'iyosov va Aleks Fernandes. maydonga tushdi, ular Vanya Ilich va Abdurahmonovni alishtirishdi

Birinchi bo'lim yakunlandi.

44.Giorgi Jgerenayaning boshi bilan yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi



36. Zabihullo O'rinboevning boshi bilan yo'llagan zarbasini Hamroev qiyinchilik bilan qaytardi

Birinchi bo'lim yakuniga 10 daqiqa qoldi, biroq hozircha uchrashuv juda zerikarli o'tmoqda

28. Quvondiq Ro'zievning uzoqdan yo'lagan kuchli zarbasini Hamroev qiyinchilik bilan qaytardi

24. Diyor Xolmatovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

21. Ubaydullaevning uzoqdan yo'llagan jarima zarbasi juda noaniq ketdi

12. Uchrashuv asosan maydon markazida o'tmoqda

5. "Navbahor" ikkita hujum tashkil qildi va hozircha buxorolik himoyachilar yaxshi harakat qilishdi

2. Uchrashuvdagi ilk vaziyatni mehmonlar yaratishdi. Jo'rabekovning uzatmasidan so'ng to'p maydondan chiqib ketdi

UCHRASHUV BOSHLANDI

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar