Superliga. "Surxon" – "Neftchi" 0:2 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 05.03.2026 20:48
  • 178
  • 30

Superliga 2-turidan o'rin olgan uchrashuv tarkiblari elon qilindi.

Superliga

2-tur

"Surxon" – "Neftchi" 0:2 (LIVE)

Termiz. "Surxon Arena". 19:30

Gol: Stipe Perica (Izzatillo Po'latov) 40', Stipe Perica 48'

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Yordamchi hakamlar: Shavkat Rahmatov, Akmal G'iyosov 

Zahira hakami: Alisher Rahimqulov 

Nazoratchi: Zokir Qodirov 

VAR: Rustam Lutfullin 

AVAR: Kristina Sereda 

Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev 

"Surxon": 25.Otabek Boymurodov, 2.Behruz Karimov, 3.Behruz Jumatov, 9.Stiven Chinedu, 10.Sunnatilla Abdullajonov, 11.Richard Fraydey, 14.Tohir Ashurbaev, 17.Sarvar Abduhamidov, 21.Tornike Dzebniauri, 26.Behruz Shukurullaev, 27.Muhammadali Musaxonov.

Zaxira: 86.Davron Merganov, 19.Farruh Qodirov, 31.Kamron Ergashev, 33.Umidbek Quvondiqov, 38.Shohruh Qaxorov, 55.Yahyobek Zokirov, 77.Asadbek Karimov, 78.Jamshid Omonov, 91.Azamjon Temirxonov.

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 2.Izzatillo Po'latov, 4.Boyan Ciger, 9.Xurshid G'iyosov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Asilbek Jumaev, 18.Stipe Perica, 20.Anvarjon G'ofurov, 23.Yovan Jokich, 30.Rustambek Fomin, 34.Farruh Sayfiev.

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abrorbek Ismoilov, 8.Vladimir Yovovich, 14.Daler Tuxsanov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov, 32.Zoran Marushich, 77.Ratino.

Ogohlantirish: Tohir Ashurbaev (44).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH




55. Maydonda yotgan Fraydeyga tibbiy yordam kerak. "Surxon" legioneri G'ofurov bilan to'qnashib ketdi. 

53. "Neftchi" muxlislari Termizda o'ziga xos atmosferani yaratgan holda amaldagi chempionni astoydil qo'llab-quvvatlab turibdi. 

51. Zarba! Abdullajonovning uzatmasidan so'ng Tornike Dzebniauri bosh bilan ancha noaniq zarba yo'lladi. 

48. GOL! Stipe Perica Odilov tepgan to'pni darvozabon qaytargach, uni bo'sh darvozaga joyladi va dubl muallifiga aylandi! 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Neftchi"da 2 ta o'zgarish: G'iyosov o'rniga Odilov, Jumaev o'rniga Ismoilov tushirildi. 

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Tohir Ashurbaev Jumaevga nisbatan qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi. 

43. Farruh Sayfievning muvaffaqiyatsiz uzatmasidan keyin to'p maydondan chiqib ketdi. 

40. GOL! Izzatillo Po'latovning havolatib amalga oshirgan pasidan so'ng Stipe Perica bosh bilan to'p kiritib, hisobni ochdi — 0:1! 

37. Iskanderovning burchakdan oshirib bergan to'pini himoyachilar bartaraf etishdi. 

29. Zarbalar bo'yicha statistika: 3-2 

22. Richard Fraydey qanotda to'pni qabul qilib oldi va ofsaydda ekani qayd etildi. 

19. "Neftchi" to'pga egalik qilgan holda sekin-asta oldinga bormoqda, ammo hozircha hujumlar orqarli aytarli vaziyat hosil qilinmadi. 

15. Iskanderov bir necha himoyachilar qurshovida qolib ketdi va to'pni yo'qotdi. 

11. Uuux! Chineduning chap oyoqda bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

10. Zarba! Stiven Chinedu aldamchi harakatlarni amalga oshirib, darvozani poylashga urindi va to'p yo'l-yo'lakay himoyachiga tegib maydonni tark etdi. 

7. Jamshid Iskanderovning yaxshi o'ylangan pasiga Otabek Boymurodov ega chiqdi. 

4. Malumot o'rnida, "Surxon"ning bir yo'la 8 nafar futbolchisi "Neftchi" bilan o'yin qaydnomasiga kirmadi. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, futbolchilar anchadan buyon maosh to'lanmayotgani bois maydonga tushishdan bosh tortishgan. Qaydnomadan quyidagi futbolchilar o'rin olishmadi: 

Artyom Potapov, Jamaldin Xodjaniyazov, Nodirxon Nematxonov, Humoyun Sherbo'taev, Dostonbek Tursunov, Behruz Shaydulov, Behzod Shamsiev, Javohir Jo'raev

3. Bugungi bellashuvda "Surxon"ga 2007 yilda tug'ilgan Behruz Karimov sardorlik qilmoqda.  

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv 19:30 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar