
Bu esa Neymar uchun milliy terma jamoada o'ynash imkoniyatini ochib berishi mumkin.
"UOL Esporte"ning yozishicha, terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mart oyiga rejalashtirilgan o'rtoqlik o'yinlariga Neymarni chaqirish variantini ko'rib chiqmoqda. "Santos" vingerining terma jamoaga qaytish imkoniyatlari Rodrigoning jarohatidan keyin oshgan.

Kuni kecha Rodrigo xochsimon bog'lamini uzib olgani uchun uzoq muddatga safdan chiqqanini xabar qilgandik.
Takidlash joizki, Anchelotti 2026 yilgi Jahon chempionati uchun Braziliya terma jamoasi tarkibiga allaqachon 18 nafar futbolchini tanlab olgan. Hozir jamoada bor-yo'g'i 8 ta bo'sh o'rin qolgan.