Nagelsmann "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligiga nomzodlar qatoriga kirdi

  • Mr.NoBoDy 05.03.2026 19:32
  • 549
  • 30

"TEAMtalk" xabariga ko'ra, nemis murabbiyi "Manchester Yunayted"da ishlashga qiziqish bildirgan va vositachilar uni mazkur lavozimga taklif etgan.

Mutaxassis ushbu vazifaga asosiy davogarlar qatorida qayd etilmoqda.

"Manchester Yunayted" hozirda Maykl Keerrikning vaqtinchalik rahbarligi ostida. U tayinlanganidan beri juda yaxshi ishlamoqda va "qizil iblislar" Chempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun jiddiy kurash olib boryapti.

Kerrik ayni paytda doimiy bosh murabbiylikka eng asosiy nomzod hisoblansa-da, klub rahbariyati sanalgan INEOS kompaniyasi hali unga to'liq ishonch bildirib, lavozimni doimiy asosda topshirishga tayyor emas. Shu sababli ular boshqa variantlarni ham sinchkovlik bilan ko'rib chiqmoqda, ular orasida eng ustuvor nomzod sifatida Germaniya terma jamoasi ustozi Nagelsmann tilga olinmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar