Ispaniya diplomatik mojaro fonida JCH-2026da ishtirok etishdan voz kechishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 05.03.2026 17:56
  • 341
  • 30

Malumotlarga ko'ra, Ispaniya terma jamoasi Donald Trampning mamlakatga nisbatan yaqinda bildirgan bayonotidan so'ng diplomatik munosabatlar keskinlashgani fonida JCH-2026da ishtirok etmaslik variantini ko'rib chiqmoqda.

Amerika siyosatchisi Madrid AQSH harbiy samolyotlariga Eron bilan bog'liq mojaro doirasidagi operaciyalar uchun o'z harbiy bazalaridan foydalanishga ruxsat bermaganidan keyin Ispaniya hukumatini keskin tanqid qildi. Tramp matbuot anjumanida Ispaniya "juda yomon yo'l tutyapti" deb bayonot berib, ikki davlat o'rtasidagi savdo aloqalarini to'xtatish bilan tahdid qildi. Shu bilan birga, u ispan xalqini hurmat qilishini ham takidladi.

Manbalarga ko'ra, Ispaniya futbol federaciyasi diplomatik keskinlik fonida turli variantlarni o'rganmoqda, biroq  hozircha Jahon chempionatida ishtirok etmaslik bo'yicha rasmiy qaror qabul qilinmagan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar