
"Andijon"ning 1:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlangan bahsdan keyingi matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan "Qizilqum"ni maqtadi.
"Bizga yaxshi tashkilotchilik etishmadi, "Qizilqum" jamoasini alohida takidlamoqchiman. Ular 1-turda ham yaxshi o'ynashgandi, raqib qandaydir mo'jiza tufayli g'alaba qozongan edi. Bugun ham navoiyliklar yaxshi saviyada o'ynashdi. Bu bizga o'yinni nazorat qilishimizga qarshilik qilgan birinchi sabab. Bundan tashqari kurash, ikkinchi temp bilan bog'liq muammolar kuzatildi", - dedi Samvel Babayan.
Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" dastlabki turni Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o'tkazib, 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.