«Inter Mayami»ning yangi stadioni ochilish sanasi e’lon qilindi

  • Mr.NoBoDy 05.03.2026 13:55
  • 392
  • 30

So‘nggi vaqtlarda «Inter Mayami» klubi muxlislar Lionel Messi va uning jamoadoshlari ishtirokidagi o‘yinlarni qulayroq sharoitlarda kuzatishlari uchun yangi stadion qurilishi bilan band edi. Hozirda ishlar deyarli yakunlandi va arena tez orada o‘z eshiklarini ochadi.

3 mart kuni «flamingolar» Floridada stadion nomiga bo‘lgan tijoriy huquqlarni sotishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdilar. Aynan ushbu marosim davomida arenaning ochilish sanasi — 4 aprel deb e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun, 5 aprelga o‘tar kechasi «Inter» muntazam chempionat doirasida «Ostin» jamoasini qabul qiladi. Shu sababli, aynan ushbu uchrashuv yangi stadiondagi ilk rasmiy o‘yin bo‘lishi kutilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar