
Toshkentdagi "Olimpiya" stadionida nominal mezbon "Navbahor" "Buxoro"ni qabul qiladi. Jamoalar shu kungacha Superliga doirasida 62 marotaba uchrashishgan. "Lochinlar" maydonida o'tgan 31 ta bahsning 24 tasida "Navbahor"ning qo'li baland kelgan, 3 ta o'yinda durang, 4 ta qarama-qarshilikda "Buxoro" g'alabasi qayd etilgan.
"Ko'hna shahar" jamoasi oxirgi marotaba 2016 yil raqibini safarda taslim qilgan. O'sha uchrashuvda bosh hakam Baxtiyor Namozov ikki jamoadan ikki nafardan futbolchini chetlatgan. Yakunda Agamurodov ustozlik qilgan "Buxoro" 2:1 hisobida g'alaba bilan ortga qaytgan.
Superliga-2016.
14.10.2016. 25-tur
Namangan. "Markaziy" stadioni, 3110 tomoshabin
Bosh hakam: Baxtiyor Namozov 8,4
Gollar: Dilshod Jabborov 35, Aziz Ibragimov 51, Aleksandr Merzlyakov 89
"Navbahor": Aleksandr Korneychuk, Qahramon Mahamadjonov, Toxirjon Shamsiddinov, Dilshod Jabborov, Alisher Mahmudov (Murod To'ychiboev, 86), Ilhom Boydedaev, Akrom Baxritdinov, Azam Aliev, Jorji Sangajiev (Shoxjaxon Abbosov, 90), Abdumalik Abdullaev (Vladislav Aleksin, 74), Islombek Isoqjonov
"Buxoro": Asilbek Amonov, Ruslan Melzitdinov, Shavkat Mullajonov, Aziz Ibragimov, Baxodir Pardaev, Salamat Qutiboev (Suhrob Nematov, 82), Aleksandr Merzlyakov, Jasur Hasanov (Maksimilian Fomin, 41), Alisher Sanoev, Shavkat Salomov, Vadim Chemirtan (Sanat Shixov, 78)
Ogohlantirishlar: Aziz Ibragimov 36, Maksimilian Fomin 71, Akrom Baxritdinov 90+1
Chetlatishlar: Qahramon Maxamadjonov 45+2, Dilshod Jabborov 45+2, Shavkat Mullajonov 45+2, Baxodir Pardaev 45+2
Malumot uchun, bo'lajak uchrashuv 19:00 da start oladi.