
Mavsumni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshlagan "Andijon" bu turda Navoiyda "Qizilqum" bilan kuch sinashdi. O'yinda darvozalarga 3 ta gol urildi va unda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Endilikda "burgutlar" 3-turda Farg'onada "Neftchi" sinovidan o'tadi. O'yin 10 mart kuni "Istiqlol" stadionida bo'lishi rejalashtirilgan. "Qizilqum" esa shu kuni safarda "Mashal" mehmoni bo'ladi.