"Kattaqo'rg'on" tarjibali darvozabon bilan sharnoma imzoladi

  • Mr.NoBoDy 04.03.2026 09:40
  • 235
  • 30

Pro ligada sovrinli o'rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan "Kattaqo'rg'on" futbol klubi o'z safini tajribali darvozabon bilan kuchaytirdi.

"Superliganing o'tgan mavsumida 11 marta maydonga tushgan Sardor Qobuljonov faoliyatini jamoamiz tarkibida davom ettiradi. U bilan joriy yilning dekabr oyiga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzilgan. 

Malumot uchun, 1987-yilda tug'ilgan Qobuljonov karerasi davomida "Metallurg", "Oqtepa", "Buxoro", "Neftchi", "Lokomotiv", "Surxon", "Vaxsh" (Tojikiston), "Xorazm" singari klublar darvozasini qo'riqlagan. U Mirjalol Qosimov davrida terma jamoaga nomzod posbonlardan biri edi", - deyiladi klub matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan xabarda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar