
Ispaniya kubogi. "Barselona" — "Atletiko" 3:0
Gollar: 30 - Mark Bernal, 45+5 - Rafinya, 72 - Mark Bernal
"Barselona": 13. Joan Garsiya, 23. Jyul Kunde ( 3. Aleks Balde, 13'; (4. Ronald Arauxo, 71')), 5. Pau Kubarsi, 18. Xerard Martin, 2. Joau Kanselu, 16. Fermin Lopes (14. Markus Rashford, 65'), 10. Lamin Yamal, 8. Pedri, 11. Rafinya, 22. Mark Bernal, 7. Ferran Torres (20. Dani Olmo, 65').
Zaxira: 25. Voycex SHHensni, 31. Diego Kochen, 17. Mark Kasado, 19. Runi Barji, 43. Tommi Markes.
"Atletiko Madrid": 1. Xuan Musso, 3. Matteo Rujeri, 18. Mark Pubil, 17. David Gancko, 14. Markos Lorente, 22. Ademola Lukman (16. Nauel Molina, 58'), 20. Djuliano Simeone, 6. Koke (9. Aleksandr Syorlot, 58'), 5. Jonni Kardozo, 19. Xulian Alvares (10. Aleks Baena, 69'), 7. Antuan Grizmann.
Zaxira: 13. Yan Oblak, 2. Xose Ximenes, 15. Kleman Langle, 24. Roben Le Norman, 4. Rodrigo Mendosa, 21. Obed Vargas, 23. Nikolas Gonsales, 11. Tyago Almada.
Ogohlantirishlar: 66 - Dani Olmo, 68 - Joau Kanselu
73. O'yindan tashqari holat yo'q ekan! 3:0, o'yin davom etadi!
73. Stop. Gol VARda kuriv chiqilmoqda.
72. GOL! Benral hisobni uchtaga oshirdi! Havolatib uzatilgan to'pni Mark oyog'i bilan zarba berib, darvozaga kiritdi.
70. Afsuski Balde ham o'yinni davom ettirolmaydigan bo'ldi. Bir o'yinda ikki himoyachi jarohat oldi.
69. O'yin boshida jarohat olgan Kunde o'rniga maydonga tushgan Balde o'zini yomon his qilmoqda.
65. Har ikki jamoa ham ikkitadan o'zgarishni amalga oshirdi.
64. Malinaning darvoza tomon bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
56. Musso nimalar qilmoqda? Ketma-ket zarbalarni qaytardi! Bernaldan, Rafinyadan zarbalarni Xuan qaytarib yubordi!
55. Mussodan seyv! Yamalning uzatmasidan so'ng Torres to'pni darvozaga yo'lladi, Xuan qaytardi!
52. Ikkinchi bo'limdagi scenariy davom etmoqda. "Atletiko" qarshi hujumda imkoniyat kutmoqda, "Barsa" esa bor kuchi bilan hujumga intilmoqda.
48. Alvaresning erlatib tepgan to'pini Garsiya ushlab oldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Jamoalar sekin-asta ikkinchi bo'limga qaytmoqda. Tanaffusda murabbiylar qanday ko'rsatmalar bergan ekan, buni yaqin daqiqalarda ko'ramiz.
O'yinning dastlabki bo'limidan keyingi statistika:
To'p nazorati - 70% - 30%
Darvoza tomon zarbalar - 13 - 3
Aniq zarbalar - 6 - 1
Burchak zarbalar - 6 - 0
Uzatmalar aniqligi - 91% - 78%
Seyvlar - 1 - 4
45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+5. GOL! Rafinya hisobni ikkitaga oshirdi!
45+3. Penalti! "Atletiko" darvozasi tomon!
45+2. Lukman havolatib uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, ammo zarba noaniq ketdi...
45+1. Rafinyaning uzoqdan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq bo'ldi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
42. Grizmanning darvoza tomon tepgan to'pi ustunga tegib maydonni tark etdi! Qo'shimchasiga sal avvalroq o'yindan tashqari holat ham bo'lgan ekan.
34. Rafinya!!! Braziliyalik futbolchining bosh bilan bergan zarbasi salgina noaniq bo'ldi...
32. Yamal ajoyib pas bilan Rafinyaning oldinga boshladi, bu vaziyatda madridlik himoyachi yaxshi harakat qilib to'pni maydondan chiqarib yubordi.
31. O'yin buyog'iga yanada qiziydi. "Barsa" hujumlarni shiddatlashtirmoqda.

30. GOL! Bernal hisobni ochdi! Yamalning ajoyib uzatmasidan so'ng Mark bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi.
29. Torresdan yana bir zarba! Erlatib tepilgan to'pni Musso qaytarib yubordi!
27. Grizmanndan xavfli zarba! Garsiya to'pni ushlab oldi! Qariyb 99% lik goldan asradi Joan...
24. Yamalning uzoqdan tepgan to'pini Musso qaytarib yubordi!
22. Yamal jarima maydonchasiga kirib borib, to'pni Ferranga uzatdi, Torresning zarbasi yana noaniq bo'ldi.
17. Xavfli zarba Ferrandan! Uning tepgan to'pi erga sapchib noaniq ketdi.
15. Navbatdagi zarba Bernaldan bo'ldi. Bu safar Musso to'pni ushlab oldi.
14. Rafinyaning zarbasi biroz noaniq bo'ldi.
13. Majburiy o'zgarish yuzaga keldi "Barsa"da. Kunde jarohat sabab o'yinning qolgan qismini davom ettirolmasligi malum bo'ldi.
10. Uchrashuvning 10 daqiqasi ortda qoldi. Hozircha aytarli xavfli hujum ko'rmadik.
6. "Atletiko"dan yaxshi "avtobus" qo'yilgan.
4. "Barselona"ning 10 nafar azosi to'liq maydonning "Atletiko" joylashgan qismida bo'lib turibdi. Hali endi 4-daqiqa...
2. Dastlabki zarba Fermindan. To'pni darvozabon qaytarib yubordi.
1. O'yin boshlandi!
"Barselona" muxlislari suyuklilarini ajoyib atmosferada kutib oldi.
Bugun katta o'yin va har ikki jamoa etakchilariga ko'p narsa bog'liq. O'yin taqdirini kim yoki nima hal etarkin? Kuzatamiz!
Uchrashuvdan avval mezbon jamoa muxlislari ajoyib performans namoyish etishdi.
- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni bugungi "Barselona" va "Atletiko" Ispaniya kubogi yarim final javob o'yininining matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif etamiz!