De Bryuyne 4 oydan keyin "Napoli" mashg'ulotlariga qaytdi

  • Mr.NoBoDy 03.03.2026 13:24
  • 385
  • 30

"Napoli" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne uzoq tiklanishdan so'ng asosiy jamoa mashg'ulotlariga kirishdi.

De Bryuyne oktyabr oyi oxirida "Inter"ga qarshi o'yinda (3:1) penaltini amalga oshirganidan keyin jarohat olgandi. Keyinroq bu mushakning jiddiy shikastlanishi ekani aniq bo'lib, operaciya va uzoq reabilitaciyani talab qildi.

De Bryuyne tiklanish davrining katta qismini Belgiyada o'tkazdi, ammo o'tgan hafta Italiyaga qaytdi. Jarohat olganidan 128 kun o'tgach, futbolchi umumiy guruhda shug'ullanishni boshladi.

"La Gazzetta dello Sport" malumotlariga qaraganda, o'yinchining jismoniy holati kutilganidan yaxshiroq baholanmoqda. Futbolchi Italiya chempionatidan o'rin olgan "Torino" bilan o'yin qaydnomasiga kiritilishi mumkin.

Yarim himoyachi joriy mavsum A Seriyada 8 ta o'yin o'tkazgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar