Yurgen Klopp Brunu Fernandesh haqida fikr bildirdi

  • Mr.NoBoDy 03.03.2026 10:56
  • 562
  • 30

Yurgen Klopp "Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh haqida fikr bildirdi.

"Eshiting, uning qo'l silkitishi yoki hakamlarga baqirishini unuting... uning miyasiga qarang. Brunu Fernandesh boshqalar berkinishga harakat qilayotgan paytda futbol haqida o'ylaydi. U beradigan pasini kameralar uni tasvirga olishni boshlagunga qadar ko'rib olgan bo'ladi.

Premer ligada bo'la turib, "To'pni menga bering, hammasini tuzataman", - deyish jasorat. Bu dahshatli mentalitet. Va u aynan mana shu mentaliteti sabab jamoaning yuragiga aylangan.

Qiyin pallalarda sizga to'p bilan muomala qilishni xohlaydigan o'yinchilar kerak bo'ladi, u esa shunday futbolchi. Aynan shu sabab u "Manchester Yunayted" uchun juda muhim".

31 yoshli futbolchi joriy mavsum 27 bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 7 ta gol va 14 ta assist bor.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar